Ushbu kitob Payg‘ambarimiz Muhammad ayahissalomga aytiladigan davomli salovatlarga bag‘ishlangan. Unda shayx Abdulloh Muhammad ibn Sulaymon ibn Abu Bakr al-Jazuliy as-Samloliy ash-Sharif al-Hasaniy qalamiga mansub «Daloilul xayrot» nomli kitobdagi salovatlar keltirilgan.
Salovat Alloh tomonidan bo‘lsa, rahmatdir, farishtalar tomonidan bo‘lsa, istig‘fordir. Rasululloh tomonlaridan bo‘lsa, duodir.